Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari Muhiddin Ötkiroviç Jörayev lavozimidan ozod qilindi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Muhiddin Jörayev

Polkovnik Muhiddin Jörayev 2014-2016 yillarda Mirzo Uluğbek tumani IIB boşliği, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boşliği lavozimlarida işlagan.

U 2018 yilning dekabr oyi oxirida içki işlar vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Şuningdek, 2019 yil iyulida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.

Prezident qarori bilan Içki işlar vaziri örinbosaridan taşqari, uzoq yillardan buyon IIV Qorovul qöşinlari qömondoni sifatida işlab kelayotgan general-mayor Dmitriy Valereviç Pan hamda yana bir neça mansabdor işdan olingan.

Dmitriy Pan / Uznews

Şuningdek, 2019 yil yanvarida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan polkovnik Baxtiyor Pölotoviç Pormonov ham lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda.

Hozirça bu iste'folarning aniq sababi keltirilmayapti.