Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimida işlagan Muhiddin Ötkiroviç Jörayev Qöqon şahar IIO FMBda ötkazilgan yiğilişda yangi rahbar sifatida taniştirildi.
Qöqon şahar hokimligi xabarida aytilişiça, yiğiliş Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari iştirokida bölib ötgan.
Polkovnik Muhiddin Jörayev 2014-2016 yillarda Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani IIB boşliği, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boşliği, 2018-2019 yillarda içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan. Şuningdek, 2019 yil iyulida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.
Eslatib ötamiz, u 2019 yilning noyabr oyi oxirlarida prezident qarori bilan içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Bundan oldin, Doniyor Toşxöjayev Farğona viloyati IIBga boşliq etib tayinlangani xabar berilgandi.








