O‘zbekiston | 08:39 / 29.09.2020
5312
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov bugun Tojikistonga boradi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 2020 yil 29 sentabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarni ochish va aviaqatnovni tiklash masalasini muhokama qilishga kirishgani xabar qilingandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid