Jahon | 19:22 / 30.09.2020
2757
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada 5 oktyabrdan favqulodda vaziyat rejimi qayta tiklanadi

Xabar qilinishicha, favqulodda vaziyat rejimi 30 kun davom etadi.

Foto: EPA-EFE/MARTIN DIVISEK

Chexiya hukumatining navbatdan  tashqari yig‘ilishida mamlakatda 5 oktyabrdan favqulodda vaziyat rejimini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda STK agentligi xabar berdi.

 Mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi 12 martdan 17 maygacha amal qilgandi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, favqulodda vaziyat rejimi 30 kun davom etadi.

Qonunga ko‘ra, hukumat favqulodda vaziyat rejimini bir oy muddatga joriy etishi mumkin, zaruriyat bo‘lganida uni uzaytirish uchun milliy parlamentning quyi palatasiga murojaat qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid