Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:17 / 11.10.2020
12525
3 daqiqa o‘qiladi
Qayerlarga chiqindi qutilari majburiy ravishda o‘rnatilishi kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil oktyabrdagi qaroriga asosan, chiqindi qutilari majburiy ravishda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar ro‘yxati belgilangan.
Adliya vazirligi bundan 2 yil oldin qabul qilingan qaror talablarini eslatdi. Unga ko‘ra, chiqindi qutilari quyidagi joylarga majburiy tartibda o‘rnatilishi kerak:
- ko‘p kvartirali uylarning pod'yezdiga kirish yo‘lida — 1 ta;
- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo obektlarining binosiga kirish (chiqish) yo‘lida — 1-2 ta;
- metro, yer osti va yer usti o‘tish joylarining har bir kirish (chiqish) yo‘lida — 2 ta;
- aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun mo‘ljallangan obektlarda (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) — obektning har 800 m2 maydonida 1 ta va yo‘laklar va yo‘lkalar chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
- bozorlar va savdo obektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) — obektning har 250 m2 maydonida 1 ta va savdo do‘konlari qatori bo‘ylab o‘rnatilganda — bir-biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
- jamoat yo‘lovchi transport bekatlarida — 1-2 ta;
- avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yo‘lida — 1-2 ta;
- davolash muassasalarining hovli hududida — obektning har 700 m2 maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa — bir biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
- chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda — 1-2 ta;
- plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, ko‘llar, ko‘rfazlar yoki hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida — suv bo‘linishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3–5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, obektning har 800 m2 maydonida 1 ta;
- ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yo‘lkalarda hamda magistral ko‘chalarning piyodalar zonasi bo‘ylab, shuningdek, ko‘priklarda – hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda – har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda — har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026