Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud “Regent Corp”ning da'vosini qanoatlantirishni rad etdi
Chilonzor tumanlararo iqtisodiy sudi “Regent Corp” MChJning Toshkent shahar hokimligi qarorini bekor qilish bo‘yicha da'vo arizasini qanoatlantirishni rad etdi.
Sudya Anvar Ibrohimov mas'uliyati cheklangan jamiyatining da'vo arizasi yuzasidan chiqargan hal qiluv qarorini quyidagicha izohladi:
“Da'vo talablarini qanoatlantirish rad etilsin! Chunki, investitsiya shartnomasi ikki tomon roziligi asosida imzolangan. Toshkent shahar hokimligining 2019 yil 29 yanvardagi 26-sonli investitsiya shartnomasiga 2020 yil 1 iyuldagi 1-qo‘shimcha kelishuv haqiqiy emas, deb topilmadi. Zotan, investor bu shartnomaga imzo chekmagan, bitim mavjud emas va qonuniy kuchga ega emas!”
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8 sentyabrida Kun.uz sayti “Poytaxt hokimligi qo‘shma korxona faoliyatiga sun'iy to‘siq qo‘ymoqda. Investorning aybi nimada?”sarlavhali tanqidiy maqolani e'lon qilgan edi.
Unda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, BAA va Qozog‘iston tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan «Regent Corp» QK bilan Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida kelishmovchilik vujudga kelgani, hokimlik zimmasidagi majburiyatni bajarmaganligi, shu bilan birga, investorni asossiz ayblayotgani, muammo hal etilmasa, bir necha milliard so‘mlik investitsiya loyihasi barbod bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur maqolaga munosabat bildirib, ushbu nizo Ma'muriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgani aytilgan edi.
22 sentyabrda Chilonzor tumanlararo iqtisodiy sudida investor da'vo arizasi bo‘yicha sud eshituvlari boshlangandi.
12 oktabr kungi sud majlisida ushbu investor shikoyati bo‘yicha sud da'vo talablarini rad etish haqida hal qiluv qarori chiqardi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026