Şu yilning 8 sentabr kuni Kun.uz «Poytaxt hokimligi qöşma korxona faoliyatiga sun'iy tösiq qöymoqda. Investorning aybi nimada?» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilgan edi.

Unda Özbekiston, Buyuk Britaniya, BAA va Qozoğiston tadbirkorlari tomonidan taşkil etilgan «Regent Corp» QK bilan Toşkent şahar hokimligi örtasida anglaşilmovçilik vujudga kelgani, hokimlik zimmasidagi majburiyatni bajarmaganligi, şu bilan birga, investorni asossiz ayblayotgani, muammo hal etilmasa, bir neça milliard sömlik investitsiya loyihasi barbod bölişi mumkinligi haqida yozilgan edi.

Şundan söng, Toşkent şahar hokimligi tomonidan mazkur maqolaga munosabat bildirilgan bölib, uşbu iş Ma'muriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan körib çiqilayotgani ta'kidlangan edi.

Unda jumladan, «...mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida kiritilayotgan investitsiya va investorlarning ahamiyati katta. Ammo barça jarayonlar qonunçilikka muvofiq amalga oşsa, heç kimning huquqi poymol bölmaydi, iqtisodiy zarar ham körilmaydi.

Ayni paytda bu iş Ma'muriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan körib çiqilmoqda», - deyiladi.