Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh mudofaa vazirligi samolyotda koronavirus yuqtirish ehtimolini baholadi
Havo filtratsiyasi tufayli maxsus DNK-belgili zarralar havoda olti daqiqadan ortiq turmadi, oddiy xonadonda esa ular bir yarim soat tura oladi, deya qayd etgan tadqiqotchilar.
AQSh qurolli kuchlari transport qo‘mondonligi samolyot bortida koronavirus yuqtirish xavfi borasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Tadqiqot mualliflari parvoz vaqtida kasallik yuqtirish ehtimolini «juda past» deb baholashgan.
Olimlar Zeteo Tech va S3i kompaniyalari, AQSh mudofaa vazirligi, Nebraska universiteti strategik tadqiqotlar milliy instituti Boeing va United Airlines aviakompaniyalari bilan hamkorlikda avgust oyida o‘tkazgan tadqiqot davomida olimlar Boeing 767 va 777 samolyotlarida havo zarralari tarqalishini o‘rganishdi.
Havo filtratsiyasi tufayli maxsus DNK-belgili zarralar havoda olti daqiqadan ortiq turmadi, oddiy xonadonda esa ular bir yarim soat tura oladi, deya qayd etgan tadqiqotchilar.
Tadqiqot mualliflarining xulosa qilishlaricha, bir bemor boshqa yo‘lovchilarga kasallik yuqtirish uchun 54 soatga yaqin vaqt ketadi. Shu bilan birga, tajriba davomida yo‘lovchilarning salon bo‘ylab yurishlari hisobga olinmagan – yo‘lovchilar rolini manekenlar bajargan.
«Tadqiqotda bir nafar bemor bo‘lishi ko‘zda tutilgani va yo‘lovchilarning ichkarida harakatlanishlari hisobga olinmagan bo‘lsa-da, natijalar umidbaxsh», — dedi AQSh transport qo‘mondonligi tezkor boshqarmasi koordinatori Jo Poup.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023