Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada mehnat migrantlari soni 40 foizga kamaydi
Mer Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, kommunal sohadagi bo‘sh ish o‘rinlari muammosini hal qilish uchun regionlardan ishchilar jalb etiladi.
Moskva shahri meri Sergey Sobyanin poytaxtda mehnat migrantlari soni kamayib ketganligi qishda muammolarga sabab bo‘lmasligini aytdi.
«Yagona muammo shundaki, Moskvada migrantlar 40 foizga kamaygani sezilmoqda. Bu mehnat bozoriga va kommunal sohadagi vaqtinchalik band lavozimlarga ta'sir ko‘rsatadi. Bu qo‘l mehnati, belkurak, supurgi. Moskvaliklarning hammasi ham bunday ishlarda ishlashga tayyor emas», - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Sobyaninning aytishicha, bu muammoni hal qilish uchun regionlardan ishchilar jalb etiladi.
Uning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi sababli barcha kommunal xo‘jaliklar qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun tunu kun ishlagan.
Avvalroq Rossiyaning beshta shahrida O‘zbekiston fuqarolari uchun bepul rus tili kurslari ochilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026