Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg va Novosibirsk şaharlarida özbek migrantlari uçun rus tilini örgatuvçi bepul kurslar oçildi. Bu haqda Mir24 xabar berdi.
“Fuqaro uçun bu kurslar bepul. Davlat tölaydi, çunki fuqaro malakali mutaxassis bölişi davlat uçun muhim. Keyinroq bu [til biliş] uning daromadi darajasiga ta'sir qilişi mumkin”, – degan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi yetakçi mutaxassisi Maşrab Madrahimov.
Avvalroq, yuqoridagi beşta şaharda quyidagi yönalişlar böyiça 1 oylik (72 soatlik) va 2 oylik (144 soatlik) öquv kurslari taşkil etilişi ma'lum qilingandi:
- rus tili;
- öz kasbi böyiça malaka oşiriş;
- yangi kasb örganiş.
Malaka oşiriş va kasb örganiş kurslarida xizmat körsatiş, quriliş va kompyuter texnologiyalari sohasida dars ötiladi. Kurslar sutkaning ikki xil vaqtida: kunduzi va işlovçilar iş vaqtidan keyin 19:00 dan 22:00 gaça taşkil etiladi.
Kurslarga har kuni qatnab öqişga imkoni bölmaganlar uçun öquv markazlarida yotoqxona taşkil etiladi. Kurslar va yotoqxona böyiça barça xarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi va mehnat migrantlari uçun mutlaqo bepul.
Öquv kurslarini tugatgan fuqaroga Worldskills standartlari asosida öqiganlikni tasdiqlovçi va malaka darajasini körsatuvçi skills passport (malaka pasporti) beriladi.
Kurslarda öqiş masalasida quyidagilar orqali murojaat qiliş mumkin:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Telegram`dagi @uzrivoj_bot tizimi;
- Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining +998 71 202 33 55 telefon raqami;
- Agentlikning RFdagi vakolatxonasining +7 925 759 59 25 telefon raqami.









