Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhrat G‘aniyev Qamashida seminar o‘tkazdi
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev Qashqadaryoda bo‘lib turibdi. Bu haqda Qamashi tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, Qamashi tuman hokimligi majlislar zalida qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ishtirokida seminar o‘tkazilgan. Unda bog‘dorchilik, uzumchilik, baliqchilik, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan.
Seminarda bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat boshlash niyatida bo‘lgan tadbirkorlar misolida seminar qatnashchilariga tushuntirish berildi. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilgan tadbirkorlarga subsidiyalar berilishi ta'kidlandi.

Ma'lumot uchun, Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev 28 sentyabrdan buyon bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab keladi. G‘aniyev bu lavozimda joriy yil 20 sentyabrda vafot etgan O‘ktam Barnoyevning o‘rnini egallagandi.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026