Kun.uz manbasi xabar berişiça, Barnoyevda koronavirusdan davolanib çiqqanidan söng insult kuzatilgan, şundan keyin u davolaniş va boş miyasida jarrohlik amaliyotini ötkaziş uçun Germaniyaga olib ketilgan va öşa yerda davolaniş vaqtida olamdan ötgan.
Öktam Barnoyev 1964 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan, 1986 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tamomlagan. 1997–2000 yillarda Buxoro viloyati Qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliğining iqtisodiyot va islohotlar masalalari böyiça örinbosari sifatida işlagan. 2000–2002 yillarda Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2002–2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakçi mutaxassis, 2004–2005 yillarda hukumatning Qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005–2007 yillarda Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va xalq iste'moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida işlagan.
2007–2008 yillarda Qişloq va suv xöjaligi vaziri birinçi örinbosari bölgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigaça Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan, 2011–2016 yillarda Qişloq va suv xöjaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boşliği, 2016 yilda «Özagrokimyo» kompaniyasi boşqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U 2016 yilning dekabridan 2020 yil fevraligaça Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020 yil fevralida boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2020 yil 6 iyul kuni Öktam Barnoyev Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi raisi etib saylangani ma'lum bölgandi.
- Öktam Barnoyev 2020 yilning iyulida koronavirusga çalinib, Toşkent şahridagi xususiy klinikalardan biriga yotqizilgani töğrisida xabar qilingandi. Ötgan vaqt mobaynida uning salomatligi böyiça ma'lumot berilmadi. U bilan deyarli bir vaqtda koronavirusdan davolaniş uçun yotqizilgan, uning örniga Buxoro viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgan Karim Kamalov avgust oyining ikkinçi yarmida olamdan ötdi.














