Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Netanyaxuning tashrifi bois Ar-Riyoddan izoh talab qildi
HAMAS harakatining yuqori lavozimli vakili bu tashrifni falastinliklarning "haqoratlanishi" deb baholadi.
HAMAS harakatining yuqori lavozimli vakili Sami Abu Zuhri Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Saudiya Arabistoniga yashirincha tashrif buyurgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng qirollikdan izoh talab qildi. Bu haqda The Times of Israel nashri yozmoqda.
Nashrning yozishicha, u bu tashrifni falastinliklarning "haqoratlanishi" deb baholagan.
Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan birga Saudiya Arabistoniga borgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Xabarda aytilishicha, Neom shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Mossad» rahbari Yosi Koen va Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saud ishtirok etgan.
Kan nashrining yozishicha, Netanyaxu Neom shahriga borish uchun biznesmen Ehud Angelning shaxsiy samolyotidan foydalangan. U o‘tgan yili Ummondagi muzokaralarga ham xuddi shu samolyotda borgandi.
O‘z navbatida Pompeo Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi bilan uchrashuv o‘tkazganini ma'lum qilgan, ammo Netanyaxu ismini tilga olmagan.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026
Saudiya Arabistoni “mashinasiz shahar” qurishni jadallashtirmoqda
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
21:37 / 17.05.2026