Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziri Saudiya Arabistoniga bordi – OAV
Avvalroq Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal ol-Saud qirollik va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi ehtimoli mavjudligini aytgandi.
Foto: Picture Alliance
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan birga Saudiya Arabistoniga bordi, deb xabar berdi Haaretz gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Qayd etilishicha, uchrashuv Neom shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda «Mossad» rahbari Yosi Koen va Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saud ishtirok etgan.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida kelishuv imzolash masalasi muhokama qilingan bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.
Avvalroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ol-Saud qirollik va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi ehtimoli mavjudligini aytgandi.
Shu yilning 15 sentyabr kuni Vashingtonda Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Isroil bilan aloqalarni yaxshilash borasida kelishuv imzoladi. Isroil bosh vaziri bu holatni «tarixiy burilish pallasi» deb atagan. Falastin esa ushbu kelishuvga qarshi chiqdi hamda Abu-Dabi va Manamadan o‘z elchilarini chaqirib oldi.
Mavzuga oid
20:01 / 27.05.2026
Isroil HAMAS harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qildi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
10:06 / 26.05.2026