Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova Konstitutsion sudi prezident saylovi natijalarini ko‘rib chiqadi
Konstitutsion sud saylovning qonunga muvofiq o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligi to‘g‘risida xulosa beradi
10 dekabr kuni Moldova Konstitutsion sudi noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijalarini ko‘rib chiqadi.
“10 dekabr kuni prezident saylovi natijalarini tasdiqlash bo‘yicha Konstitutsion sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi muassasa saytida.
Mamlakat Saylov kodeksiga ko‘ra, Konstitutsion sud saylovning qonunga muvofiq o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligi to‘g‘risida xulosa beradi.
15 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi turida sobiq bosh vazir Mayya Sandu 57,72 foiz, amaldagi prezident Igor Dodon esa 42,28 foiz ovoz oldi. Amaldagi prezidentning vakolatlari 23 dekabrda nihoyasiga yetadi. Yangi prezidentning inauguratsiya marosimi 24 dekabrda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026