Jahon | 00:35 / 08.12.2020
2796
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Venesueladagi parlament saylovlarini tan olmasligini bildirdi

YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, saylov minimal xalqaro standartlarga muvofiq o‘tmagan. U ovoz berish natijalarini «siyosiy plyuralizmga nisbatan hurmatsizlik» deb atadi.

Foto: Reuters

Yevroittifoq Venesuela milliy assambleyasiga bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olmaydi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning bayonotida ma'lum qilindi.

Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, Venesuela prezidentini qo‘llab-quvvatlovchi Yagona sotsialistik partiya yetakchiligidagi «Buyuk vatanparvarlik qutbi» koalitsiyasi 67,7 foiz ovoz olgan.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, saylov minimal xalqaro standartlarga muvofiq o‘tmagan. U ovoz berish natijalarini «siyosiy plyuralizmga nisbatan hurmatsizlik» deb atadi.

«Muxolifat yetakchilarining saylovdan chetlatilishi va sud tomonidan ta'qib qilinishi YeIga ushbu saylov jarayoni ishonchli va shaffof, uning natijalari esa venesuela xalqi irodasini aks ettirishini e'tirof etishga imkon bermaydi», — dedi Borrel.

Avvalroq saylov natijalariga asosan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro parlament ustidan nazoratni o‘ziga qaytarib olgani ma'lum qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid