Jahon | 15:09 / 12.12.2020
12709
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda Amad News yangiliklar portali rahbari qatl qilindi

Ruhulla Zam 2019 yil oktyabrda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari tomonidan qo‘lga olingandi. Ma'lumot berilishicha, jurnalist xorij maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan.

Foto: Ali Shirband/Mizan News Agency via AP Photo

Eronda Amad News yangiliklar portali rahbari Ruhulla Zam qatl qilindi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u portal hamda Telegram-kanalni boshqargan. Mamlakat oliy sudi iyunda e'lon qilingan hukmni bir necha kun avval tasdiqlagan.

Zam 2019 yil oktyabrda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari tomonidan qo‘lga olingandi. Ta'kidlanishicha, razvedka uni bir necha yil kuzatgan. Ma'lumot berilishicha, jurnalist xorij maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan.

Ruhulla Zam 2017-2018 yillarda Erondagi norozilik namoyishlarini faol yoritish bilan shug‘ullangan. Eron hukumati Amad News portalini hukumatga qarshi resurs deb topgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid