Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku va Tehron AQShning Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritganligini qoraladi
Ozarboyjon Turkiyaning muammoni muloqot va diplomatik vositalar yo‘li bilan hal etish to‘g‘risidagi taklifi AQSh tomonidan qabul qilinmaganligidan taassuf bildirgan.
Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi Turkiya Rossiyaning S-400 majmualarini sotib olganligi uchun AQSh tomonidan sanksiyalar kiritilganligini qoraladi.
"S-400 raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olgani uchun Turkiyaga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi AQShning qarorini qoralaymiz va buni ikki yoqlama standartlarning ko‘rinishi deb baholaymiz", - deyiladi Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bayonotda Turkiyaning muammoni muloqot va diplomatik vositalar yo‘li bilan hal etish to‘g‘risidagi taklifi AQSh tomonidan qabul qilinmaganligidan taassuf bildirilgan.
"Ozarboyjon har doimgidek Turkiyaning yonida hamda uning xalqaro huquq va adolatga asoslangan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi", - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Eron hukumati ham AQShning bu harakatini qoraladi.
"AQShning sanksiyalar kiritishga ishtiyoqi va xalqaro huquqni hurmat qilmasligi yana bir marta to‘lig‘icha namoyon bo‘ldi. Biz AQShning Turkiyaga qarshi oxirgi sanksiyalarini keskin qoralaymiz", - deb yozdi Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif o‘zining Twitter sahifasida.
14 dekabr kuni AQSh Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati, uning rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.
“Turkiya ogohlantirishimizga qaramay, Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olishni va ularning sinovlarini o‘tkazishni davom ettirdi. Biz Rossiyaning mudofaa sektori bilan yirik bitimlar tuzilishiga chidab turmaymiz”, deb aytgan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.
Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lgan S-400 majmualari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boshlab yetkazilgan. Vashington Anqaraga ushbu bitimdan voz kechishni va Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari sotishni bekor qilish va sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilib, S-400 o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni taklif qilgan.
Biroq Anqara yon bosishni istamagan va Rossiya bilan S-400’ning qo‘shimcha partiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirgan.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026