AQŞ Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uçun Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati, uning rahbari Ismoil Demir va yana uç mansabdor şaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.
Pompeoning ta'kidlaşiça, AQŞ Turkiyani S-400 sotib olinişi AQŞ harbiylari va texnikasini xavf ostiga qöyişi, Rossiya mudofaa sektoriga katta mablağlar taqdim qilişi hamda Rossiyaning Turkiya qurolli kuçlari va mudofaa sanoatiga kirişidan bir neça marta ogohlantirgan.
“Turkiya ogohlantirişimizga qaramay, Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olişni va ularning sinovlarini ötkazişni davom ettirdi. Biz Rossiyaning mudofaa sektori bilan yirik bitimlar tuzilişiga çidab turmaymiz”, deb aytgan Pompeo.
AQŞ davlat kotibining ta'kidlaşiça, sanksiyalar Amerika duşmanlariga sanksiyalar vositasida qarşi kuraşiş qonuni (CAATSA) doirasida kiritilgan va AQŞning uşbu qonunga muvofiq harakatlanişga hamda uni şunga öxşaş vaziyatlarda qöllaşga tayyorligini körsatadi.
Sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati kotibiyatiga litsenziyalar va eksportga ruxsat berişga taqiqlovni hamda Demir va kotibiyatning boşqa amaldorlarining AQŞdagi aktivlari muzlatilişini közda tutadi.
Pompeoning ta'kidlaşiça, endi Turkiya AQŞ bilan birgalikda S-400 muammosini darhol hal qilişi lozim.
Turkiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarda sovuqçilik tuşişiga sabab bölgan S-400 majmualari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boşlab yetkazilgan. Vaşington Anqaraga uşbu bitimdan voz keçişni va Turkiyaga F-35 qiruvçi samolyotlari sotişni bekor qiliş va sanksiyalar kiritiş bilan tahdid qilib, S-400 örniga AQŞning Patriot majmualarini sotib olişni taklif qilgan.
Biroq Anqara yon bosişni istamagan va Rossiya bilan S-400’ning qöşimça partiyalarini sotib oliş böyiça muzokaralarni davom ettirgan.












