Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya zudlik bilan Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib oladi
Xitoyda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan Sinovac Biotech Ltd kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Vaksina Braziliya, Indoneziya va Turkiyada uchinchi bosqich klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Turkiya hukumati Xitoyda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani zudlik bilan sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali muloqotida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.
"Chovusho‘g‘lu Turkiya tomoni Xitoy vaksinasini xavfsiz va samarali deb hisoblashini aytdi hamda Xitoydan zudlik bilan vaksina sotib olishini ma'lum qildi", – deyiladi xabarda.
Xitoyda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan Sinovac Biotech Ltd kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Vaksina Braziliya, Indoneziya va Turkiyada uchinchi bosqich klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Xitoy dunyo bo‘ylab millionlab dozada vaksina yetkazib berishni va'da qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, dekabrda O‘zbekistonda ham Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining ishlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish ishlari boshlandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026