Yerevanda norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda, umummilliy ish tashlash e'lon qilindi
Muxolifat partiyasi vakili Naira Zograbyanning ta'kidlashicha, norozilik aksiyasi bosh vazir Nikol Pashinyan iste'foga chiqmaguniga qadar har kuni o‘tkaziladi.
Armaniston poytaxti Yerevanda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi, muxolifat umummilliy ish tashlash e'lon qildi. Bu haqda Radio Azatutyun xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilmoqda. Ular hukumat binosini qurshab olgani aytilmoqda.
Muxolifat partiyasi vakili Naira Zograbyanning ta'kidlashicha, norozilik aksiyasi Pashinyan iste'foga chiqmaguniga qadar har kuni o‘tkaziladi.
10 noyabrda Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonot imzolanganidan buyon Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilingan miting va namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bayonot shartlariga muvofiq, Qorabog‘ hududining katta qismi Boku nazoratiga o‘tdi. Muxolifat ushbu kelishuvni Armanistonning taslim bo‘lishi deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024