Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Eronni "Al-Qoida" bilan hamkorlikda aybladi
Pompeoning ta'kidlashicha, "Tehron "Al-Qoida" bilan aloqani bemalol qo‘llab-quvvatlar ekan, Fransiya kabi davlatlarga hujum xavfi saqlanib qolaveradi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Tehronni "Al-Qoida" terrorchi tashkiloti bilan aloqadorlikda aybladi.
"Eron – bu "Al-Qoida" uchun muhim geografik markaz bo‘lgan yangi Afg‘oniston, ammo aslida bundan ham yomon", - dedi Pompeo.
"Afg‘onistonda "Al-Qoida" tog‘larda yashiringan bo‘lsa, Eronda u Eron rejimi himoyasi ostida harakatlanadi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
"Tehron "Al-Qoida" bilan aloqani bemalol qo‘llab-quvvatlar ekan, Fransiya kabi davlatlarga hujum xavfi saqlanib qolaveradi, chunki Eron "Al-Qoida"ni sayohat uchun pasportlar bilan ta'minlaydi, Germaniya xatarda qoladi", - deb ta'kidladi Pompeo.
Avvalroq AQSh va Saudiya Arabistoni Eronga qarshi turish uchun harbiy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olgandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026