AQŞ mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Entoni Tata va Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri örinbosari Xolid bin Salmon Ol Saud Ar-Riyoddagi uçraşuvda Eronga qarşi turiş uçun harbiy hamkorlikni mustahkamlaş yöllarini kengaytirişga kelişib oldi.   

“Tomonlar AQŞ-Saudiya Arabistoni mudofaa munosabatlarini çuqurlaştirişga kelişib oldi hamda hududiy tinçlik va barqarorlikni qöllab-quvvatlaş uçun mudofaa hamkorligini ilgari suriş va mustahkamlaş yöllarini örganişdi”, deb ma'lum qilingan Pentagonda. 

Tomonlar şu maqsadda hamkorlikning yangi va mavjud yönalişlarini mustahkamlovçi mudofaa hamkorligi rejasini imzolaşgan. 

“Tata AQŞ va Saudiya Arabistonining Eron tomonidan bildirilayotgan tahdidlar ortidagi mudofaa hamkorligi kuçini ta'kidlab ötdi. U podşohlikka AQŞ qöşinlarini qöllab-quvvatlaş uçun javobgarlikni bölişişga tayyorligi uçun minnatdorlik bildirdi”, deb qöşimça qilingan xabarda. 

Şuningdek, AQŞ mudofaa vaziri yamanlik husiyçilarning Saudiya Arabistoniga hujumlari davom etayotganidan xavotir bildirgan.