Jahon | 15:02 / 16.01.2021
3739
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook Donald Trampning akkauntlarini tikladi

Avvalroq Facebook kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg Trampning sahifalari u lavozimidan ketmagunicha bloklangan holda qolishini aytgandi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning  feysbuk va instagramdagi sahifalari qaytadan ishga tushdi.

 Avvalroq Facebook kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg Trampning sahifalari u lavozimidan ketmagunicha bloklangan holda qolishini aytgandi. Yangi prezident inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Trampning tarafdorlari Kapitoliyga hujum uyushtirganidan so‘ng Facebook va Twitter AQSh prezidentining akkauntlarini vaqtinchalik bloklab qo‘ygandi. Keyinroq Trampning Facebook va Instagram’dagi akkauntlariga qo‘yilgan taqiq noma'lum muddatga uzaytirildi. Trampning Twitter akkaunti esa butunlay bloklandi.

Bir necha kun avval esa YouTube ham Trampning kanalini bloklab qo‘ydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid