YouTube videoxostingi mutaxassislari AQŞ prezidenti Donald Trampning kanalidan "zöravonlikka da'vat qilgan videoyozuv"ni öçirib taşladi. Xabar qilinişiça, endilikda kanalga yangi roliklar joylaştiriş vaqtinçalik taqiqlandi.
Aynan qaysi videoyozuv öçirib taşlanganligiga aniqlik kiritilmagan. Yangi roliklar joylaştirişga qöyilgan taqiq yetti kun amal qiladi. Servis vakilining sözlariga köra, taqiq uzaytirilişi mumkin.
Bundan taşqari, kanalda izoh qoldiriş imkoniyati ham çeklandi. Kompaniyaning bildirişiça, izohlarda zöravonlikka da'vat qiliş ehtimoli bölişi mumkin.
Şu vaqtga qadar YouTube Trampga nisbatan çeklov kiritmagan yagona yirik internet-platforma bölib turgandi.
Kapitoliyga hujum uyuştirilganidan söng Facebook va Twitter AQŞ prezidentining akkauntlarini vaqtinçalik bloklab qöygandi. Keyinroq Trampning Facebook va Instagram’dagi akkauntlariga qöyilgan taqiq noma'lum muddatga uzaytirildi. Trampning Twitter akkaunti esa butunlay bloklandi.












