Jahon | 14:50 / 09.02.2021
2988
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh adliya vazirligi Tramp tayinlagan federal prokurorlarni iste'foga chiqaradi

Ma'lumot berishicha, iste'fo to‘g‘risidagi tegishli talabnomalar 56 nafar prokurorga yuboriladi.

Foto: Jim Bourg / Reuters

Seshanba kuni AQSh adliya vazirligi sobiq prezident Donald Tramp tomonidan tayinlangan federal prokurorlarning iste'fosini talab qilishi mumkin. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda.

 Telekompaniyaning ma'lumot berishicha, iste'fo to‘g‘risidagi tegishli talabnomalar 56 nafar prokurorga yuboriladi. Ushbu ro‘yxatga hozirda muhim surishtiruvlar olib borayotgan Delaver shtati prokurori Devid Vays va Konnektikut shtati prokurori Jon Darem kiritilmaydi.

 Qayd etilishicha, adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Monti Uilkinson ular hozircha o‘z lavozimlarida qolishlari haqida har ikkisini xabardor qilgan.

 Vays AQSh prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanterga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilishini nazorat qilmoqda. Darem o‘tgan yildan buyon AQSh maxsus xizmatlari Trampning saylovoldi shtabini kuzatgani holati bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda

 Adliya vazirligi 56 nafar prokuror qachon iste'foga chiqishi borasida ma'lumot bermagan.

Ushbu amaliyot ma'muriyat almashgan paytda yuz beradigan odatiy jarayon hisoblanadi. To‘rt yil avval Oq uyga Tramp kelganidan so‘ng Barak Obama tayinlagan 46 nafar federal prokuror iste'foga chiqarilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid