Jahon | 00:26 / 12.02.2021
8359
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament Belarus AESi faoliyati to‘xtatilishini talab qildi

Yevrodeputatlar AES YeI va MAGATE ekspertlarining tavsiyalari to‘liq bajarilmasdan turib elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaganini ta'kidlagan.

Foto: Reuters

Yevroparlament Belarus AESi faoliyati to‘xtatilishini talab qildi. YePning Bryusselda bo‘lib o‘tgan sessiyasida tegishli rezolyutsiya qabul qilindi.

Xabar berilishicha, hujjatni 642 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 29 deputat qarshi ovoz bergan va 21 nafari betaraf qolgan.

"Yevroparlament deputatlari Ostrovsadagi Belarus atom elektr stansiyasining xavfsizligi borasidagi jiddiy xavotirlar sababli uning faoliyati to‘xtatilishini talab qiladi", – deyiladi tavsiyaviy tusdagi rezolyutsiyada.

Yevrodeputatlar AES YeI va MAGATE ekspertlarining tavsiyalari to‘liq bajarilmasdan turib elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaganini ta'kidlagan.

BelAESning birinchi bloki o‘tgan yilning 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

9 noyabr kuni AES elektr energiyasi ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bunga texnik tusdagi muammolar sabab bo‘lgan. Xabarlarda aytilishicha, kuchlanish transformatori ishdan chiqqan.

Mavzuga oid