Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQSh milliy razvedkasidan Rossiya bo‘yicha hisobot tayyorlashni so‘radi
AQSh tashqi siyosat mahkamasi vakilining ta'kidlashicha, Vashington Rossiyada "inson huquqlarining buzilishini diqqat bilan kuzatib bormoqda".
Prezident Jozef Bayden AQSh milliy razvedkasi direktori Evril Xeyns va razvedka jamoatchiligi tahlilchilaridan Rossiyaning “yovuz harakatlari”ga nisbatan siyosiy javob choralarining kengaytirilgan sharhini tayyorlashni so‘radi. Bu ma'lumotni AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hisobotga "Rossiya tomonining saylovlarga aralashishdan tortib hakerlik hujumlarigacha va Afg‘onistondagi amerikalik soldatlarning o‘limi uchun mukofot va'da qilish to‘g‘risidagi xabarlardan to Navalniyga nisbatan kimyoviy quroldan foydalanishgacha bo‘lgan yovuz harakatlari” tahlili asos bo‘ladi.
AQSh tashqi siyosat mahkamasi vakilining ta'kidlashicha, Vashington Rossiyada "inson huquqlarining buzilishini diqqat bilan kuzatib bormoqda". Praysning so‘zlariga ko‘ra, u va Amerika ma'muriyatining boshqa vakillari "Putin rejimi davridagi Rossiyada inson huquqlarining dahshatli ahvoli to‘g‘risida keskin fikr bildirgan".
Ned Prays bunday holatlar "xoh Rossiyada, xoh boshqa mamlakatlarda bo‘lsin, Vashington albatta e'tibor qaratishi"ni ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026