Jahon | 17:27 / 15.02.2021
11977
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQShni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi

Turkiya bilan hamkorlik qilish va hamkorlikni davom ettirishni istaganlar terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamasliklari kerak, deb ta'kidladi Erdo‘g‘an.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Iroq shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) terrorchilari tomonidan turli yillarda o‘g‘irlab ketilgan 13 nafar fuqaroning o‘ldirilishini qoraladi.

U Turkiya hukumati terrorchilar tomonidan besh yil avval o‘g‘irlab ketilgan va yaqinda o‘ldirilgan odamlarni qutqarish rejasini uzoq vaqt davomida ishlab chiqqanini aytdi.

Erdo‘g‘an Iroqda 10 fevraldan buyon davom etayotgan Pençe Kartal-2 (Burgut changali) antiterror operatsiyasining birinchi bosqichida mamlakat shimolida o‘nlab terrorchilar o‘ldirilganini qayd etdi.

U g‘arb mamlakatlarini terrorizmga qarshi kurashda aniq pozitsiyasini ko‘rsatishga chaqirdi. Turkiya bilan hamkorlik qilish va hamkorlikni davom ettirishni istaganlar terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamasliklari kerak, deb ta'kidladi Erdo‘g‘an.

U AQShning Turkiyaning antiterror operatsiyalariga noxolisona munosabatda bo‘layotganligiga e'tibor qaratdi.

«Bu qanaqasi? Sizlar RKK, YPG va PYD terrorchilarini qo‘llab-quvvatlamasliklaringizni aytgandingiz. Ularni nafaqat qo‘llab-quvvatlayapsiz, balki homiylik ham qilyapsiz», - deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid