Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vakillar palatasi 1,9 trln dollarlik "Amerikani qutqarish rejasi"ni ma'qulladi
Rejaga ko‘ra, milliy vaksinatsiya dasturini rivojlantirish, maktablarni xavfsiz tarzda ochish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlayotgan oilalarga 1,4 ming dollardan berish, ishsizlik bo‘yicha 400 dollar haftalik federal ustama to‘lash va 3,6 ming dollargacha bolalar nafaqasini berishga qariyb 2 trln dollar sarflanadi.
Kongress vakillar palatasi AQSh prezidenti Jo Baydenning Amerika iqtisodiyotini qutqarish va pandemiya davrida aholiga yordam berish rejasini ma'qulladi. Rejada ushbu maqsadlar uchun 1,9 trln dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Endi ushbu rejani senat ko‘rib chiqishi lozim. Agarda reja ma'qullansa, u federal hukumatning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha oltinchi dasturi bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, milliy vaksinatsiya dasturini rivojlantirish, maktablarni xavfsiz tarzda ochish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlayotgan oilalarga 1,4 ming dollardan berish, ishsizlik bo‘yicha 400 dollar haftalik federal ustama to‘lash va 3,6 ming dollargacha bolalar nafaqasini berishga qariyb 2 trln dollar sarflanadi.
"Amerikani qutqarish rejasi" eng kam ish haqi miqdorini soatiga 7,25 dollardan 15 dollargacha oshirish dasturini o‘z ichiga oladi.
Bayden "Amerikani qutqarish rejasi"ni 20 yanvar kuni e'lon qilgandi. Ayrim iqtisodchilar ushbu choralar paketini juda yirik deb hisoblashmoqda va uning qabul qilinishi iqtisodiyotga zarar yetkazishidan xavotirlanishmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026