Jahon | 16:36 / 10.03.2021
4529
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada YouTube, Google va «Yandeks» faoliyatida muammolar kuzatildi

Avvalroq «Roskomnadzor» Rossiyada 10 martdan Twitter tarmog‘ining ishlash faoliyati tezligi sekinlashtirilishini ma'lum qilgandi.

Foto: Getty Images

Rossiyalik internet foydalanuvchilari YouTube videoxostingi hamda Google va «Yandeks» servislariga kirishda muammolarga duch keldi. Bu haqda Downdetector resursi ma'lum qildi.

 Foydalanuvchilarning bildirishlaricha, YouTube faoliyatidagi muammolar soat 13larda boshlangan. Internet foydalanuvchilarining qariyb yarmi (46 foiz) saytga kirishga qiynalgan, 43 foizi roliklarni tomosha qilishda qiyinchiliklarga duch kelganidan shikoyat qilgan. Shuningdek, foydalanuvchilarning 9 foizi videoresursga kira olmagan.

Google va «Yandeks» bilan bog‘liq holatlarda asosiy muammo kompaniyalar saytlariga kirishda kuzatilgan. Shikoyatlar asosan Rossiyaning yirik shaharlaridan tushgan.

Avvalroq «Roskomnadzor» Rossiyada 10 martdan Twitter tarmog‘ining ishlash faoliyati tezligi sekinlashtirilishini ma'lum qilgandi. Nazorat organi bayonotida aytilishicha, bunday qaror Twitter’ning Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmagani va taqiqlangan kontentni o‘chirmagani sababli qabul qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid