«Ijtimoiy tarmoqning faoliyati mobil qurilmalarda 100 foiz, statsionar kompyuterlarda esa, 50 foizga sekinlaştiriladi», deyilgan «Roskomnadzor» (Rossiya OAVni nazorat qiluvçi federal xizmat) bayonotida.
«Twitter internet xizmatida 2017 yildan beri şu kungaça voyaga yetmaganlarni suiqasd qilişga undovçi, içida bolalar pornografiyasi bor, şuningdek, narkotik vositalar foydalanilgan informatsiya mavjud kontent öçirilmagani bois «Roskomnadzor» tomonidan qonunga qarşi havola va publikatsiyalarni öçirişni sörab 28 ming marta birlamçi va takroriy talablar jönatilgan», deyiladi muassasa bayonotida.
Regulyatorning xabariga köra, Twitter «Roskomnadzor» öçirişni talab qilgan 3168ta taqiqlangan ma'lumotni, şu jumladan, 2569ta «voyaga yetmaganlarni özini özi öldirişga çaqiruvçi», 450ta bolalar pornografiyasi bor, 149ta giyohvand moddalar haqidagi ma'lumotni öçirib taşlamagan.
«Sönggi yorqin misol qilib regulyatorning 2021 yilning 3 martida voyaga yetmaganlarni özini öldirişga çorlovçi çaqiriqlarni öçiriş haqidagi talablarini namoyişkorona pisanda (huquqni muhofaza qiluvçi organlarning ma'lum qilişiça, voyaga yetmaganlarning suitsid qilişga bir neça urinişlari bartaraf qilingan) qilmaslikni keltiriş mumkin (boşqa ijtimoiy tarmoqlardan farqli ölaroq Twitter öçirmadi)», deyilgan bayonotda.
«Twitter’ning Rossiyadagi işlaşi sekinlaşişi «voyaga yetmaganlarni suitsidga çorlaş, bolalar pornografiyasi va giyohvand moddalarni iste'mol qiliş haqidagi ma'lumotlar öçirilmagunga qadar» (hatto bloklanişgaça) davom etadi», deya ta'kidlaşgan «Roskomnadzor»da.
«Roskomnadzor» Twitter’ning işlaşi sekinlaşişini e'lon qilişidan köp ötmay, muassasaning sayti işlamay qoldi (material tayyorlanayotgan paytda ham işlamayotgandi - tahr). Şuningdek, Kreml, davlat Dumasi va boşqa bir neçta davlat idora va organlarining saytlari işlaşdan töxtadi. Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning boşqa şaharlari aholisi mamlakatning eng yirik internet provayderi «Rostelekom»ning faoliyatida uzilişlar sodir bölayotganidan şikoyat qilişgan.
«Roskomnadzor» va ijtimoiy tarmoqlar
5 martda «Roskomnadzor» Twitter, Facebook, Instagram, TikTok, «VKontakte», «Odnoklassniki», Telegram va YouTube’ga qarşi ma'muriy bayonnomalar tuzgandi. Bunga uşbu tarmoqlar «ösmirlarni sanksiyalanmagan ommaviy tadbirlarda qatnaşiş»ga undagan ma'lumotlarni öçirmagani yoki vaqtida öçirmagani sabab böldi.











