Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi
Mamlakatda shu kunga qadar koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1163ta holat qayd etilgan.
Kambojada pandemiya boshlanganidan buyon ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi.
Xabar qilinishicha, vafot etgan bemor Sianukvil shahrilik 50 yoshli erkak bo‘lib, unda fevralda koronavirus aniqlangan, 11 mart kuni vafot etgan.
Kambojada shu kunga qadar koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1163ta holat qayd etilgan.
Hozirda mamlakatda kasallik qaytadan avj olishiga qarshi kurashilmoqda. Kamboja sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, virus qaytadan tarqalishiga fevral boshida karantinga amal qilmagan va tungi klubga borgan xorijlik fuqaro sababchi bo‘lgan.
Poytaxt Pnompen va Kandal hamda Sianukvil provinsiyalarida 20 fevraldan maktab, kinoteatr, bar, muzey va ko‘ngilochar muassasalar yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023