Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI 30 yil ichida birinchi marta Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritmoqda
Bungacha YeI 1989 yilda Pekindagi Tyananmen maydonidagi namoyishlar ayovsiz bostirilganidan so‘ng Xitoyga qurol yetkazib berishga embargo kiritgandi.
YeI kengashi inson huquqlari muntazam buzilishi sababli tashqi ishlar vazirlari darajasida Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritishga kelishib oldi.
Qayd etilishicha, bu 30 yildan ortiq vaqt davomidagi birinchi sanksiyalar paketi hisoblanadi.
Bungacha YeI 1989 yilda Pekindagi Tyananmen maydonidagi namoyishlar ayovsiz bostirilganidan so‘ng Xitoyga qurol yetkazib berishga embargo kiritgandi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga to‘rt nafar jismoniy va bitta yuridik shaxs kiritildi. Ularning YeIdagi aktivlari muzlatiladi, Yevroittifoqqa kirishlari taqiqlanadi.
Bryussel ushbu sanksiyalarni uyg‘urlarning genotsid qilinishi bilan bog‘lamoqda.
O‘z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vazirligi Bryusselga qarshi "keskin" javob choralari qo‘llanilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
01:20 / 10.05.2026
Si Jinping o‘z generallariga ishonmay qo‘ydi – OAV
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:17 / 06.05.2026