Prezidentga yangi matbuot kotibi tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari - prezidentning matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi videoselektorda Sherzod Asadovni Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari - prezidentning matbuot kotibi sifatida tanishtirgan. Davlat rahbari Sherzod Asadov turli lavozimlarda o‘zini ko‘rsatgani, xorijda ham ishlab kelganini ta'kidlab o‘tgan.
«Ko‘p o‘ylab shu qarorga keldim. Bugun Sherzod Asadovni prezidentning matbuot kotibi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni ko‘rgan. U ham katta kurash maydoniga kiryapti. Shu fursatdan foydalanib aytmoqchiman, Sherzod Asadov davlat siyosatining yoritilishiga mas'ul bo‘ladi.
Unga juda mas'uliyatli vazifa topshirilyapti. Barcha idoralarning matbuot kotiblarini o‘qitish, malakasini oshirish kerak. Solishtirish, xolisona yondashuvni o‘rgatish kerak. Har bir vazirlik matbuot xizmatlari Asadovga bo‘ysunadi va hisobot beradi. U barcha idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Avvalgi davr bilan solishtirish kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkazish kerak. Dunyoda axborot olamida keskin kurashlar ketyapti. Buni to‘g‘ri anglab yetish kerak», degan davlat rahbari.
Ma'lumot uchun, Sherzod Asadov 2015-2017 yillarda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamchi bo‘lgan, 2017 yildan O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasida ish boshlagan, 2018 yildan O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisiga aylangandi.
Sherzod Asadov 2020 yil martida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham bu yangilikka munosabat bildirdi.
«Sherzod Asadovni tajribali, xalqaro tashkilotlar talablarini yaxshi tushunadigan yetuk kadrlardan biri deb hisoblayman. O‘z vaqtida uning bevosita yordamida biz YeXHT va Yevropaning ko‘plab mamlakatlarining so‘z erkinligi bilan bog‘liq tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan edik.
O‘ylaymanki ushbu tayinlov faqat yaxshilikka xizmat qiladi. Yuqorida so‘z erkinligi va ochiqlikning davlat va jamiyat, shuningdek, xalqaro miqyosdagi rolini tushunadigan yana bitta saviyali odam paydo bo‘ldi va bu bilan barcha matbuot xodimlarini samimiy tabriklayman. Bizning safimiz yana bitta odamga ko‘paydi. Sherzod Asadovni oson bo‘lmagan, mas'uliyatli va sharafli vazifa bilan qutlab, unga omad tilab qolaman», deya yozgan u telegramdagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktori bo‘lgan Asad Xo‘jayev 2017 yil martidan avgustgacha prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari bo‘lgan. Keyinroq bu lavozimda Komil Allamjonov qariyb bir yil davomida - 2017 yil dekabridan 2018 yil oktyabrigacha ishlagan.
2020 yil yozidan buyon prezident matbuot kotibi vazifasini prezident administratsiyasi rahbarining OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilnoza Ziyamuhamedova bajarib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025