Komil Allamjonov prezidentning matbuot kotibi - Özbekiston Respublikasi prezidenti Devoni rahbari örinbosari etib tayinlandi. Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisidagi qarorni va lavozim tayinlovi böyiça farmonni imzoladi. Qaror bilan tegişli tuzilmaviy özgarişlar kiritildi.
Komil Allamjonov (1984 y.t.) – Toşkent şahrida tavallud topgan, Özbekiston San'at va madaniyat instituti (2006) hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvçisi.
2002-2004 yillarda FVV axborot xizmati xodimi, boş mutaxassis bölib işlagan. 2004-2005 yillarda Davlat soliq qömitasi axborot xizmatining boş mutaxassisi bölgan, 2005-2009 yillarda DSQ axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvçi lavozimini egallagan, 2009-2013 yillarda – axborot xizmati rahbari – DSQ raisi matbuot kotibi.
2017 yilning martidan avgustiga qadar davlat maslahatçisi örinbosari bölib işlagan – prezident matbuot xizmatiga Asadjon Xöjayev rahbarlik qilgan.












