Jahon | 18:01 / 05.04.2021
3384
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

To‘qnashuv oqibatida poyezdlardan birining mashinisti halok bo‘lgan, ikkinchi poyezd mashinisti jarohatlangan.

Foto: eskenoviny.cz

Chexiyaning Teplitse shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda Ceske Noviny nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, poyezdlardan birining mashinisti halok bo‘lgan, ikkinchi poyezd mashinisti jarohatlangan.

 Mamlakat temir yo‘l ma'muriyati vakili Dushan Gavendaning so‘zlariga ko‘ra,propan-butan tashiyotgan uchta vagon va ko‘mir tashuvchi bir vagon relslardan chiqib ketgan. To‘qnashuv natijasida lokomotivlardan biri yona boshlagan.

Dastlabki taxminga ko‘ra, to‘qnashuv mashinistlardan birining signal oldida to‘xtamagani sababli yuz bergan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid