O‘zbekiston | 10:50 / 09.04.2021
4398
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qatarga tashrif buyuradi

O‘zbekiston delegatsiyasining Qatarga amaliy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

2021 yilning 10-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid