Vazirlik xabariga köra, uçraşuvda Qatar fuqaro aviatsiyasi xizmati departamenti boşliği Muhammad Faleh Alxajri mamlakat sayyohlik salohiyati hamda boy tarixiy-madaniy merosi Qatar fuqarolarida yuqori qiziqiş uyğotişini ta'kidlab ötdi. Uning fikriça, Özbekiston va Qatar örtasida havo qatnovi töğrisida bitim imzolanişi ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollaştiriş, sayyohlik va işbilarmonlik almaşuvining jadallaştirilişiga xizmat qiladi.

«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam al-Samarriy aviakompaniyaning Özbekistonga parvozlarni amalga oşiriş va respublika mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «oçiq osmon» rejimidan foydalanişga, jumladan, Fors körfazining boşqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilişga qiziqiş bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro hamkorlik bitim loyihasi yuzasidan mavjud masalalarning tezkor hal etilişi, imzolanişi hamda hamkorlikni rivojlantiriş, turizm sohasida yangi loyihalarni amalga oşirişga doir muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.