Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deyarli butun Ukraina bo‘ylab antiterror mashg‘ulotlari boshlandi
Mashg‘ulotlarda UXX, politsiya, chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi.
Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi ko‘p bosqichli antiterror mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda UXX matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar davomida strategik muhim obektlar va davlat chegarasini himoya qilish bo‘yicha harakatlarga alohida e'tibor qaratiladi.
Mashg‘ulotlarda UXX, milliy politsiya, davlat chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi.
UXX o‘tgan haftada Xarkov, Xerson va Sumi oblastlarida o‘quv mashg‘ulotlari boshlagandi.
Avvalroq AQSh va Yevropa davlatlari Rossiya qo‘shinlarining Qrim va Ukraina chegarasida joylashishidan xavotir bildirgandi.
Mavzuga oid
22:48 / 12.03.2026
Eron uzoq vaqtdan beri Ukrainaning dushmaniga aylangan – Zelenskiy
14:28 / 12.03.2026
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
11:41 / 12.03.2026
Ukraina qurolli kuchlari instruktorlari Bundesverga Rossiyadan himoyalanishni o‘rgatadi
09:58 / 12.03.2026