Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) 14 apreldan may oyi oxirigaça Xarkov oblastida antiterror maşğulotlari ötkazadi. Bu haqda UXX matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, maşğulotlar haqiqiy voqelikka yaqin şaroitda, harbiy texnika va ötçoar qurollardan foydalanilgan holatda ötkaziladi. Bunda Rossiya bilan çegaradagi uçastkalarga alohida e'tibor qaratiladi.

UXX şu munosabat bilan fuqarolardan körsatilgan muddat davomida vokzallar, harbiy obektlar va hokimiyat organlari binolariga qiziqiş bildirgan şubhali şaxslar haqida xabar qilişni hamda yonlarida hamişa hujjatlarini olib yurişlarini söragan.

Avvalroq Donetsk oblastidagi Sçaste şahrida ana şunday maşğulotlar ötkazilgandi.