Jahon | 15:24 / 26.04.2021
10402
2 daqiqa o‘qiladi

Mask Marsga parvoz qiladigan odamlar o‘limga tayyor turishlari kerakligini aytdi

Mask 2050 yilga borib Marsga bir million kishini jo‘natishni rejalashtirgan.

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Marsga parvoz qiladiganlar halok bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Mask X Prize Foundation texnik xayriya tashkiloti asoschisi Piter Diamandis bilan suhbatida ana shunday ogohlantirish bilan chiqdi.

"Marsga sayohat – Antarktikaga yo‘l olgan Shekltonning reklamasi bilan bir xil. Buning xavfli, noqulay va uzoq ekanligini bilasiz. Balki siz tirik qaytmasligingiz mumkin, ammo bu qoyilmaqom sarguzasht bo‘ladi. Rostini aytganda, o‘lishingiz mumkin va ehtimol, sizda yaxshi taom va boshqa narsalar bo‘lmasligi mumkin", - dedi u.

Mask 2026 yilga borib Marsga odamlarni jo‘natmoqchi ekanligini aytgandi.  

U 2050 yilga borib Marsga bir million kishini jo‘natishni rejalashtirgan. Uning fikricha, odamlar Starship SpaceX raketasida Marsga ikki yilda yetib borishlari mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid