Jahon | 17:52 / 26.04.2021
7089
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya AstraZeneca kompaniyasini sudga berdi

AstraZeneca birinchi chorakda YeIga shartnomadagi 120 mln o‘rniga 40 mln dozadan kamroq vaksina yetkazib berdi. YeIning qator davlatlari vaksina to‘liq yetkazilmagani uchun milliy emlash rejasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

Yevrokomissiya (YeK) AstraZeneca kompaniyasini vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnomani buzgani uchun sudga berganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Stefan De Keyersmaker ma'lum qildi.

"Yevrokomissiya AstraZeneca kompaniyasini vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni buzgani uchun sudga berdi. Shartnomaning ayrim bandlariga amal qilinmadi va kompaniya yetkazib berish o‘z muddatida tiklanishi borasida ishonchli strategiyani taqdim eta olmadi", - dedi u.

 "Sezilarli miqdordagi dozalar zudlik bilan yetkazib berilishi biz uchun juda muhim, shu bois Yevrokomissiya o‘zi va YeIning 27 mamlakati nomidan kompaniyaga nisbatan da'vo kiritdi", - dedi u.

 AstraZeneca birinchi chorakda YeIga shartnomadagi 120 mln o‘rniga 40 mln dozadan kamroq vaksina yetkazib berdi. YeIning qator davlatlari vaksina to‘liq yetkazilmagani uchun milliy emlash rejasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

Yevrokomissiya AstraZeneca bilan 400 mln doza vaksina yetkazib berilishi bo‘yicha o‘tgan yil avgustida, hali vaksina ishlab chiqilmasdan turib shartnoma imzolagandi.

Mavzuga oid