Jahon | 17:30 / 03.05.2021
9246
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston parlamenti Pashinyanni bosh vazirlikka saylamadi

Ovoz berish jarayoni parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan avval parlament saylovlari o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgandi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Armaniston parlamenti maxsus yig‘ilishida bosh vazirlikka yagona nomzod Nikol Pashinyanni ushbu lavozimga saylamadi.

Xabar qilinishicha, hukmron "Moy shag" fraksiyasi ovoz berishda betaraf qolgan, "Protsvetayushchaya Armeniya" muxolifatchi fraksiyasi yig‘ilishda qatnashmagan, "Svetlaya Armeniya" muxolifatchi fraksiyasi unga qarshi ovoz bergan.

Ovoz berish jarayoni parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan avval parlament saylovlari o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgandi.

Armaniston parlamentida ovoz berishning ikkinchi bosqichi 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oxirlarida iste'fo bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid