Jahon | 16:37 / 05.05.2021
4832
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiyada koronavirusga qarshi emlanganlarga pul to‘lanadi

Mamlakat prezidentining qo‘shimcha qilishicha, emlangandan so‘ng "kimningdir aybi bilan" koronavirus yuqtirganlarga pul to‘lanadigan ta'til beriladi, emlanmaganlarga esa kasallik davri uchun pul to‘lanmaydi.

Foto: AFP

Serbiya hukumati 31 maygacha koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasini qabul qilgan 16 yoshdan oshgan fuqarolarga 3000 dinordan (30 dollar) pul berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich ma'lum qildi, deb xabar bermoqda 021.rs.

"Vaksina olmaganlarga chora ko‘ra olmaymiz, shu sababli emlanganlarni mukofotlashni o‘ylayapmiz", – dedi u.

Vuchichning qo‘shimcha qilishicha, emlangandan so‘ng "kimningdir aybi bilan" koronavirus yuqtirganlarga pul to‘lanadigan ta'til beriladi, emlanmaganlarga esa kasallik davri uchun pul to‘lanmaydi.

U bunday choralar serblarni vaksina bilan emlanishga rag‘batlantirishiga umid bildirdi. Vuchich shuningdek, emlangan xodimlariga qo‘shimcha pul berayotgan kompaniyalarni maqtadi.

Vuchichning o‘zi aprel boshlarida Xitoyning Sinopharm kompaniyasi vaksinasi bilan emlangandi. Serbiyada shuningdek, BioNTech / Pfizer, AstraZeneca va Sputnik V vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid