Jahon | 17:07 / 14.05.2021
9453
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda benzin narxi rekord darajada oshdi

 Amerika hukumati yonilg‘i tanqisligi xavfi bois hududiy favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilgan.

Foto: AP

AQShda Colonial Pipeline quvuri faoliyati to‘xtab qolishi fonida benzin narxi 2014 yildan buyon rekord darajaga yetdi. Bu haqda Amerika avtomobil assotsiatsiyasi (AAA) ma'lum qildi.

Hakerlik hujumi sababli quvur faoliyati to‘xtaganidan beri bir gallon benzinning narxi o‘rtacha yetti sentga, 3,02 dollargacha oshdi. Bu 2014 yil oktyabrdan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Hozirda kamida sakkiz shtat avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarining ommaviy yopilishi bilan to‘qnash kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, AQShning eng yirik quvur liniyasi Colonial Pipeline’ga kiberhujum uyushtirildi va liniya faoliyati to‘xtab qoldi. Amerika hukumati yonilg‘i tanqisligi xavfi bois hududiy favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid