Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda koronavirusdan sutkalik o‘limlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi
O‘tgan 24 soat davomida Hindistonda 263 mingta koronavirus yuqtirish holati aniqlandi. Bir necha hafta mobaynida ilk marta sutkalik ko‘rsatkich 300 mingdan pasaydi.
Foto: Global Look Press
Hindistonda bir sutkada 4,3 mingta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi.
The Times of India gazetasining yozishicha, bu Hindiston uchun butun pandemiya davomidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 278 mingdan oshib ketdi.
O‘tgan 24 soat davomida Hindistonda 263 mingta koronavirus yuqtirish holati aniqlandi. Bir necha hafta mobaynida ilk marta sutkalik ko‘rsatkich 300 mingdan pasaydi.
So‘nggi haftalarda mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq murakkab vaziyat kuzatilmoqda. Shifoxonalarda bemorlar uchun joy va kislorod yetishmayapti, krematoriylar vafot etganlarning jasadlarini yoqishga ulgurmayapti.
Mavzuga oid
11:02
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026