O‘zbekiston | 12:04 / 25.05.2021
2463
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yo‘lning nosozligi sabab «Kobalt» va «Malibu 2» to‘qnashdi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yo‘lning nosozligi sabab «Kobalt» va «Malibu 2» o‘zaro to‘qnashgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 may kuni soat 23:05larda 4K347 Yakkabog‘–Shahrisabz avtomobil yo‘lining Yakkabog‘ tumani Xiyobon mahallasidan o‘tuvchi 4-kilometrida «Kobalt» va «Malibu 2» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Kobalt haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Surishtiruvda ma'lum bo‘lishicha, «Kobalt» mashinasi haydovchisi yo‘lning nosoz qismini aylanib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. So‘ng o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Malibu 2» bilan o‘zaro to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yo‘l-transport hodisalarining ma'lum bir qismi aynan yo‘llarning nosozligi tufayli sodir bo‘ladi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid