Urgutdagi yöl nosozligi odamlar ölimiga sabab bölmoqda. Yöl qaçon ta'mirlanadi?
|20:54 / 01.12.202013 82011 min
Yöllar har bir davlatning qon tomirlari hisoblanadi. Ularning mamlakat taraqqiyoti va rivojlanişi uçun ahamiyati beqiyos. Nazarimizda şuni mamlakatimizdagi yölsozlar, yöl qurilişi va ta'mirlanişini moliyalaştiradigan taşkilotlar mutasaddilari tuşunib yetmayapti. Aks holda, bugun respublikadagi barça yöllar ravon bölar, odamlar nosoz yöllarda sarson yurmasdi.
Mamlakatdagi barça yöllarni sifatli körinişga keltiriş, ularni jahon andozasi darajasida ta'mirlaş va yangi yöllarni quriş oson iş emas. Buning uçun juda katta mablağ kerak böladi. Şu tufayli aksariyat hollarda ta'mirtalab yöllarning muammosi haqida gap ketganda yölsozlar mablağ taqçilligini sabab qilib körsatişadi. Gap mablağ taqçilligiga borib taqalar ekan, unda yöllarni xususiylaştirişdan yoki xorijiy investorlar bilan hamkorlikda hozir mavjud bölgan yöllarga muqobil tarzda pullik yöllar qurişdan bizni nima qaytarib turibdi?
Albatta, «pullik yöllar» deganda kimlardir «endi yölga ham pul tölab yuramizmi?» deb ajablanişi, kimlargadir yöllarda pul tölab harakatlaniş eriş tuyulişi yoki yoqmasligi mumkin. Ammo bir narsani tuşunib yetişimiz kerak, bugun oddiy odamlarga avtomobil sotib oliş ham, sifatsiz va nosoz yöllarda yuriş oqibatida işdan çiqqan ehtiyot qismlarni «falon pulga» almaştiriş ham oson bölmayapti.
Qolaversa, nosoz yöllar tufayli fojialar yuz berib, odamlar halok bölmoqda. Kimdir soğligini yöqotib, bir umrga nogiron bölib qolmoqda. Bundan taşqari, nosoz yöllarda harakatlaniş haydovçilarning asabini yemirib yuboradi. Bir söz bilan aytganda, sifatsiz va nosoz yöllar haydovçilar uçun ham, yölovçilar uçun ham şunçaki umr zavoli.
1-hodisa. 2020 yilning 23 oktyabr kuni«Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining Urgut tumani «A'loxotin» mahallasidan ötuvçi qismida yöl transport hodisasi röy beradi. 24 yoşli yigit «Damas» avtomaşinasini boşqarib borayotib mototsiklda harakatlanib ketayotgan, şu tumanning «Algar» mahallasida yaşovçi 61 yoşli erkak kişini urib yuboradi. Oqibatda mototsiklçi oğir jarohat olib, tuman tibbiyot birlaşmasida vafot etadi. Qayd etilişiça, mazkur YTHga yöl nosozligi sabab bölgan.
2-hodisa. 2020 yilning 18 sentyabr kuni, keç soat 20:30larda «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining Urgut tuman «A'loxotin» mahallasi hududidan ötuvçi qismida YTH sodir böladi. Tumanning «Yuqori tegana» mahallasida yaşovçi 21 yoşli yigit özi boşqaruvidagi «VAZ 2106» avtomaşinasi bilan velosipedda harakatlanib ketayotgan sinfdoşini urib yuboradi. Oqibatda velosipeddagi yigit oğir tan jarohati olib vafot etadi.
Mavzuga oid
3-hodisa. 2020 yil 18 may kuni «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining «A'loxotin» mahallasi hududidan ötgan qismida yana bir yöl transport hodisasi sodir böladi. Şu kuni soat 22:30 atrofida «Cobalt» rusumli avtomaşina haydovçisi piyodani urib yuborib, jabrlanuvçiga yordam bermay, voqea joyidan qoçib ketadi. Tan jarohati olgan piyoda tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqiziladi.
Yuqorida tafsilotlari keltirilgan uçta YTHning ikkitasida ölim holati yuz bergan. Bittasida jabrlanuvçi oğir tan jarohati olgan. Şu örinda savol tuğiladi: Nega «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining «A'loxotin» mahallasi hududidan ötgan qismida tez-tez odam ölimiga sabab bölayotgan YTH sodir bölyapti?
Yuqorida gapni bejiz yöllarning sifati haqidagi gap bilan boşlamadik. Bugungi kunda mamlakatimizda sodir bölayotgan yöl transport hodisalarining ma'lum bir qismi aynan sifatsiz va nosoz yöllar tufaylidir. Yuqoridagi uç holatning bittasida YTH aynan yölning nosozligi tufayli kelib çiqqani rasman qayd etilgan. Katta ehtimol bilan qolgan ikkita YTH ham aynan nosoz yöl sababli sodir bölgan bölsa ajabmas. Bunday taxminga kelişimizga ham yetarliça sabablar bor.
Gap şundaki, yuqorida tafsilotlari keltirilgan yöl transport hodisalari röy bergan «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining nafaqat «A'loxotin» mahallasidan ötgan qismi, balki Urgut tuman yölsozlari tasarrufidagi Urgut-Jumabozor qismida ham yölning holati juda ayançli ahvolda qolyapti.
Mazkur hududda yaşovçi aholi vakillarining aytişiça, yölning bu holatga kelişida Urgut tuman yöl bölimining ham «hissasi» bor. Joriy yil mart oyigaça mazkur yöl biroz ta'mirtalab bölsa ham, holati unça yomon bölmagan. Öşanda Urgut tuman yölsozlari bu yölning özlariga tegişli bölgan Urgut-Jumabozor qismini ta'mirlaş uçun iş boşlagan va nosoz qismlarda yölning ustki qismidagi eski asfalt köçirib olingan.
Şundan söng, Urgut şahrining çiqiş joyidan boşlab yölning biroz qismini asfalt qilişgan. Qolgan qismi esa «tuya göştini yeb» qolib ketgan. Öşandan buyon mazkur yöl harakatlanuvçilar uçun ança xavfli köriniş olgan. Yuqoridagi uçta holat bunga dalil.
Aholi vakillari ta'mirlaş işlari taşlab qöyilgani tufayli haydovçilar mazkur yöldagi çuqurlar va nosoz joylarni aylanib ötişga urinayotganini bildirişdi. Oqibatda ular yöl çetiga çiqib ketyapti va piyodalar hamda velosipedda harakatlanuvçilarning hayotiga xavf solinyapti. Bu yölda ayniqsa kunning qoronği paytida harakatlaniş barça uçun birday xavfli bölmoqda.
«Agar asfalt qilmas ekan, unda nega yölning ustki qavatini öyib oladi?» deb e'tiroz bildirişdi şu yerda yaşovçilar.
Aholi vakillarining ma'lum qilişiça, bahordan buyon bu yölda köplab xavfli holatlar, şuningdek, yengilroq darajadagi YTH tez-tez röy berib turadi. Ularning aksariyatida zarar unça katta bölmagani va heç kim tan jarohati olmagani uçun tomonlar YHXBga murojaat qilmay, özaro kelişib ketişadi. Şu uçun ham bu yölda sodir bölgan yengilroq YTHning aksariyati YHXB qaydlarida yöq.
Biz bilan suhbatlaşgan haydovçilarning aksariyati bugun «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining Urgut-Jumabozor qismida harakatlaniş juda qiyin bölayotganini, yöllardagi nosoz joylar avtomobillarga jiddiy şikast yetkazayotganini ma'lum qilişdi.
Mazkur yöl ta'miri nega taşlab qöyilgani yuzasidan izoh oliş uçun Urgut tuman yöllardan foydalaniş unitar korxonasi rahbari Eşmahmad Obloyorov bilan boğlandik. Undan «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölining Urgut tumani hududidagi Urgut-Jumabozor qismida ta'mirlaş işlari bahordan beri nega töxtab qolayotgani haqida söradik. U «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yöli respublika ahamiyatiga ega yöl hisoblanişi, mazkur yölning Urgut-Jumabozor qismida ta'mirlaş işlari töxtatib qöyilganiga mablağ yetişmovçiligi sabab bölgani, yöl ta'miri uçun pul ajratilişi keçikayotganini aytib ötdi. Agar tegişli taşkilotlar mablağ ötkazib bersa, yölda ta'mirlaş işlari davom ettiriladi.
U yöl uçun yetarli mablağ ajratilmagan bölsa-da, yölning ustki qismidagi eski asfalt köçirib olinganiga ham izoh berdi. Uning aytişiça, yil boşida viloyat hokimligi tomonidan yölsozlarga «Toyloq – Urgut 4R50» avtomobil yölida ta'mirlaş işlarini boşlaş buyruği berilgan hamda tez orada mablağ ötkazilişi bildirilgan. Şundan söng Urgut tuman yöllardan foydalaniş korxonasi mazkur yölda jami 47 ming kvadrat ölçamdagi asfaltning ustki qatlamini köçirib olgan. Lekin işni davom ettiriş uçun mablağ berilmagan.
Eşmahmad Obloyorovning bildirişiça, korxona öziga berilgan 500 million söm mablağ hisobidan yölning Urgut şahridan boşlangan qismida nosoz joylarga asfalt yotqizgan. Mablağ tugagandan söng yölning qolgan qismi öz holida qolib ketgan.
Obloyorovning qöşimça qilişiça, bugungi kunda Urgut tuman yöllardan foydalaniş korxonasi va Samarqand viloyat yöllardan foydalaniş boşqarmasi rahbariyati birinçi navbatda «Toyloq – Urgut 4R50» yölining Urgut-Jumabozor uçastkasini ta'mirlaş çoralarini izlamoqda. Boşqarma hisobiga mablağ kelib tuşgaç, birinçi navbatda şu yöl ta'mirlanişi rejalaştirilgan.
Urgut tumani aholisi mamlakatimizning boşqa hududlariga çiqişda asosan «Toyloq – Urgut 4R50» yölidan foydalanadi. Hozirda uşbu yölning holati juda açinarli ahvolga tuşgan. Ayniqsa, kuzda 1-2 marta yoqqan yomğir va yaqinda yoqqan qordan söng yölning holati yanada yomonlaşgan. Agar yöl hozirgi holatda keyingi yil bahorgaça qolib ketsa, u yerda yana YTH röy berişi va hatto odamlar halok bölişi mumkin.
Yana bir masala. Mabodo, agar şu yöl ta'mirlanadigan bölsa, unda kuz va qişning yoğin-soçinli kunlarida, havo sovib ketganda yotqizilgan asfalt köpga çidarmikin? Zero, mana şunday qiş-qirovli kunlarda yotqizilgan asfalt bir yilga ham yetmay yana ta'mirtalab ahvolga tuşganini ham guvohi bölganmiz.
Yuqoridagi muammo yuzasidan örganiş işlari olib borayotganimizda, Urgut şahri Navoiy şoh köçasining bir qismi ham öta abgor ahvolda ekaniga guvoh böldik. Bu yerda ham yölning yarmi asfalt qilingan, yarmi esa ustki qatlami köçirib olingan holatda turibdi. Haydovçilarning aytişiça, yölsozlar bu yölning ustki qatlamini ötgan yil köçirib olgan va uning bir qismiga asfalt yotqizgan, qolgan qismi esa qolib ketgan. Şundan söng, mazkur yölning holati ham juda yomonlaşgan.
Yuqorida ham yozdik, bugungi kunda Urgut tumanining aksar aholisi boşqa hududlarga çiqişda mazkur yöldan foydalanadi. Qolaversa, Urgutda faoliyat olib borayotgan köplab tadbirkorlar öz korxonasiga keltirayotgan xomaşyoni va özi tayyorlagan tayyor mahsulotni şu yöl orqali taşiydi. Bundan taşqari, Urgutdagi katta buyum bozoriga boşqa tumanlardan va viloyatlardan kelayotgan xaridorlar ham asosan şu yöldan yuradi. Şunday ekan, bugun mutlaqo talablarga javob bermay qolgan yölning Urgut-Jumabozor qismi ham, Toyloq tumanida hududida joylaşgan qolgan qismi ham jiddiy ta'mirlaşga va kengaytirişga muhtoj. Uşbu yölni şunçaki ta'mirlab qöya olmayotganlar kelajakda uni qanday qilib kengaytirişadi, bunisi hozirça noma'lum.