Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida haydovçi va uning qizi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, 4 may kuni soat 5:30 larda Mirişkor tumanidan oilasi bilan «Neksiya» maşinasida Toşkentga qarab yölga çiqqan haydovçi 4R 90 Qarşi-Beşkent-Kasbi-Koson avtomobil yölining Qarşi tumani Qovçin qişloğidan ötuvçi 16-kilometrida boşqaruvni yöqotgan va maşina daraxtga urilgan.
Oqibatda haydovçi va uning 5 yoşli qizi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Turmuş örtoği va öğli esa şifoxonaga yotqizilgan.
Haydovçining boşqaruvni yöqotişiga uning çarçoq tufayli uxlab qolgani sabab bölgan. Bundan taşqari, maşina juda katta tezlikda harakatlangan.
Qaşqadaryoda uçta maşina iştirokida sodir bölgan YTHda ikki kişi vafot etdi
Qaşqadaryoda avtomobilga örnatilgan gaz balloni portlaşi oqibatida bir kişi halok böldi












